AQŞning Lixay universiteti olimlari ölçamlari böyiça Quyoş tizimidagi eng yirik sayyora Yupiterdan kattaroq bölgan ulkan gazsimon sayyorani aniqlaşdi. Bu fazo jismining öziga xosligi şundaki, u ziçligi böyiça penoplastga öxşaydi. Olimlar hozirça bu holatni tuşuntira olişmayapti. 

KELT-11b deb nomlangan sayyora Yerdan 320 yoruğlik yiliga teng uzoqlikda joylaşgan. U ölçami böyiça Yupiterdan 40 foizga kattaroq, biroq undan 5 marta yengilroq. Bundan taşqari, ekzosayyora juda ziç atmosferaga ega.

Ta'kidlanişiça, sayyora olimlar Quyoşning keksa muqobili hisoblanuvçi HD 93 396 yulduzi ortidan kuzatişayotganda tranzit usuli bilan aniqlangan. 

Astronomlarning fikriça, sayyora 100 mln yildan keyin özi aylanadigan yulduzning taşqi qatlamlari tomondan yutiladi. Biroq olimlar bungaça sayyoraning tarkibini örganib, uning yengilligi sirini foş qilişmoqçi.