Kanadaning Daymak kompaniyasi dunyodagi eng tezyurar elektrokart bölişiga umid qilayotgan C5 Blast nomli elektrik kart taqdim qildi. Kartning turgan joyidan 96 km/soat tezlikkaça erişişi vaqti 1,5 soniyani taşkil qiladi.
Kart antiqa kuç qurilmasi bilan jihozlandi: uning ğildiraklari 14 ot kuçiga ega elektromotor hamda 12 ta turboventilyator bilan harakatga keltiriladi. Turboventilyatorlardan 4 tasi 60 km tortiş kuçi hosil qiladi va maşinani tezlaştirişga yordam beradi, qolgan 8 tasi kötariş kuçini hosil qiladi. Buning evaziga kart oğirligi dvigatel kuç qurilmasi işlaşi vaqtida 200 kg dan 100 kg gaça kamayadi.

Kartda rekord natijaga erişiş böyiça zayezd hali amalga oşirilmadi, biroq kompaniya Osnabryuk şahrining Amaliy fanlar universitetiga tegişli bölgan va Ginness rekordlar kitobida qayd etilgan amaldagi rekordni yangilaşga umid qilmoqda. Universitet yaratgan kart 100 km/soatga 2,635 soniyada erişa oladi.
Daymak C5 Blast karti 59 995 dollar turadi. Biroq uning 9999 dollarlik versiyasi ham taklif qilinadi. Bu versiya faqatgina elektromotor bilan jihozlanadi.












