Omad degani har doim ham kelavermas ekan. Bugun bu gapni A'zam Aliyev (ism-familiyalar özgartirilgan) va uning şeriklari har daqiqada takrorlab turgan bölişsa, ajab emas. Çunki navbatdagi “savdo” ularning boşiga bir qator taşvişlarni olib keldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
A'zam Aliyev şeriklari Rauf Jörayev va Abbos Rahmatov bilan birgalikda qonunga xilof ravişda valyuta qimmatliklarini sotiş bilan şuğullanişardi. Garçi bu işning jinoyat ekanligini bilişsa-da, ular bunga qöl siltab qöyişdi. Afsuski, ular köza kunda emas, kunida sinişini unutişgandi.
Navbatdagi mijoz bilan kelişgan A.Aliyev oldi-berdini şahardan çekkaroqda amalga oşirişni ma'qul kördi va bundan şeriklarini ham xabardor qildi. Ular ikkita maşinada Qarşi şahridagi mol bozori yaqiniga borib, mijozlarni kuta boşlaşdi. Mijoz kelgaç, A'zam Aliyev kelişilgandek, unga 7500 AQŞ dollarini 49 million 200 ming sömga ayirboşladi. Şeriklar pullarni özlarining maşinalariga joylaştira boşlaganda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari paydo bölişdi va “dollarçi”lardan 7500 AQŞ dollari va 4 million 475 ming sömni aşyoviy dalil sifatida hujjatlaştirişni boşlaşdi.
Tezkor xizmat xodimlarining harakatlarini kuzatib turgan Abbos Rahmatov hozirgina olgan 49 million 200 ming sömdan ham ayrilib qolişini yaxşi bilardi. Şu sababli şeriklariga imo qilib, qoçiş işorasini berdi.
Kutilmaganda A.Aliyev va R.Jörayevlar tortişuvni keltirib çiqarişdi. Keyin ularning biri vaziyatdan foydalanib, maşinaga joylangan pulni olib qoçdi. Boşqasi esa öziga tegişli “Spark” avtomaşinasiga ötirib, uni xizmat vazifalarini bajarayotgan xodimlar tomon harakatlantirdi va voqea joyidan yaşirinişga urindi.
Buzoqning yugurgani somonxonagaça, degan naql bor. Dollarfuruşlar qoçib qolişni eplaşgan bölsa-da, javobgarlikdan qutulib keta olişmadi. “Quriliş materiallari ta'minoti” MÇJ hovlisida qulflangan holatda qoldirilgan “Spark” avtomaşinasi SVOJJDLQK departamentining viloyat boşqarmasi hovlisiga olib kelinib, xatlandi. Huquqbuzarlarga nisbatan jinoiy iş qözğatilib, qilmişlariga yaraşa jazo tayinlandi.











