Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanidagi “Çiroqçi agro meva ta'minot” mas'uliyati çeklangan jamiyati joriy yildan e'tiboran karamdoşlar oilasiga mansub salat barglarini taşqi bozorga yetkazib berişni boşladi. Uşbu mahsulot dunyoning köplab mamlakatlarida “Aysberg” nomi bilan maşhur. Bu haqda Kun.uz’ga “Qaşqadaryo” gazetasi muxbiri Mirzohid Jörayev xabar bermoqda.
Joriy yilning 1 may holatida mazkur korxona çet ellik hamkorlariga 100 ming AQŞ dollardan köp salat barglarini yuborgan. Ayni damda ham maşinalarga yuklangan mahsulotlar manzilga peşma-peş jönatilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, “Aysberg”, boşqaça aytganda “Muz qoya” salat bargi suvli va qarsilloq ta'mga ega ösimlik. Odatda uşbu salat barglari oddiy oq karamga juda öxşaş. Bir boş salat bargi örtaça 300-400 grammni taşkil qiladi. “Aysberg” salat bargida yetarliça foliy kislotasi, C, B, K va A vitaminlari va xolin moddasi mavjud. Bundan taşqari, u fosfor, kaliy, natriy, magniy, kaltsiy va misga boy. “Aysberg” salat bargi organizmda moddalar almaşinuvini yaxşilaş, metabolizmni tartibga soliş, qon tarkibini me'yorlaştirişda yordam berib, asab tizimini mustahkamlaydi. U stress va emotsional kasalliklarda naf beradi. Salat bargi neytral ta'mga ega bölganligi bois uni köplab mahsulotlar bilan birga işlatiş mumkin. Undan köpinça salatlar tayyorlaşda yoki ovqatlarni bezaşda foydalanişadi. Ayni şu jihatlar uşbu mahsulotning eksportbopligini ta'minlamoqda, desak mubolağa emas.
E'tiborli jihati, “Aysberg” salat barglarini yetiştiriş Çiroqçi tumanida ötgan yili taşkil etilgan “Big agro eksport” mas'uliyati çeklangan jamiyati tomonidan yölga qöyildi. Uşbu korxona yiliga 8 ming tonna salat barglari, brokkoli, rangli karam va boşqa turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari, meva-sabzavotni yetiştiriş, saqlaş va qayta işlaş bilan şuğullanadi. Korxona uçun ajratilgan 194 gektar maydonning 2 gektarida köçat yetiştirişga ixtisoslaşgan issiqxona barpo etilişi, 4000 tonna siğimli sovutkiç qurilişi közda tutilgan. Mazkur loyihani amalga oşiriş uçun 14 million dollar mablağ sarf etiladi.
Uşbu istiqbolli loyiha joriy yil oxiriga qadar töliq röyobga çiqariladi. Natijada korxona tomonidan yiliga 6,8 million dollarlik mahsulotlar eksport qiliş, 90 doimiy, 500 mavsumiy iş örni yaratiş imkoniyati yuzaga keladi. Bu kabi loyihalar esa Qaşqadaryo viloyatining eksport salohiyatini yanada yuksaltiriş, aholi farovonligini oşiriş, bandlikni ta'minlaşga xizmat qilişi bilan ham muhimdir.











