Miçigan ştati universiteti (AQŞ)ning olimlar guruhi mexanik tebranişlardan tovuş çiqaruvçi tekis moslaşuvçan material işlab çiqdi. Olimlar uning yordamida "sözlovçi qoğoz" yoki "kuylovçi folga" yaratişlari mumkin, deyiladi Nature Communication jurnalida çop etilgan maqolada.
Işlanma asosi 2016 yilning oxirida namoyiş qilingan FENG elektr nanogeneratoridan iborat. Bu material mexanik energiyani tokka aylantirişga qodir. Olimlar FENG smartfonlar va portativ qurilmalar uçun quvvat manbai bölişiga umid qilişgandi.
Biroq bir qator tajribalardan keyin bu materialning boşqa xususiyati aniqlandi. Şunday qilib, mutaxassislar elektr energiyasini mexanik tebranmalarga aylantirişga, şundan söng akustik tölqinlarni yozişga muvaffaq bölişdi.
"Tasavvur qiling, gazeta sahifasi ham mikrofon, ham dinamik bölsa. Umuman olganda, nutqqa reaksiya bildiruvçi va öquvçi bilan suhbatlaşuvçi yangi işlanma yaratiş mumkin", - deydi tadqiqotning yetakçi muallifi Nelson Sepulveda.
Sepulveda texnologiyani namoyiş qiliş uçun FENĞni bayroqqa uladi va şu tariqa uni "notiq"qa aylantirdi. Şuningdek u materialdan şovqin tovuşini bostiruvçi, xavfdan ogohlantiruvçi tizim va boşqa maqsadlarda foydalanişni taklif qilmoqda.












