2017 yil yanvar-aprel oylari natijalariga köra, Qozoğistonda rasmiy dilerlar tomondan 11 018 ta avtomobil sotilgan, bu esa 2016 yilgi şu davrdagi körsatkiçdan 23 foizga kamroqdir. Joriy aprel oyiga köra 3449 dona maşina sotilgan. Bu körsatkiç avvalgi yilgi şu oydagi körsatkiçdan 8,9 foiz kamroqni taşkil qilgan, biroq 2017 yil mart oyidagi körsatkiçdan 27 foiz köproq bölgan, deb xabar bermoqda Qozoğiston avtomobillar sohasi korxonalari ittifoqi "KazAvtoProm" matbuot-xizmatiga iqtibos keltirgan holda nur.kz sayti.
Körilayotgan davr natijalariga köra qozoğistonliklar yangi yengil avtomobil sotib oliş uçun 272,8 mln dollar sarflaşgan, bu esa 2016 yildagi şu körsatkiçdan 18,9 foiz köproqdir. Aprelda bozorda sotilgan avtomobillar umumiy qiymati 89,5 mln dollarni taşkil qilgan va bir yil avvalgi natijadan 34,8 foiz köproq bölgan.
4 oy natijalariga köra sotilgan avtomobillardan 7 771 tasi (70,5 foizi) xorijiy maşinalarga, qolgan 3 247 tasi (29,5 foizi) Qozoğistonda işlab çiqarilgan mahalliy maşinalarga töğri kelgan.
Körilayotgan davr içida qozoğistonliklar tomondan eng köp miqdorda Toyota avtomobillari sotib olingan: bu marka maşinalaridan 2290 ta sotilgan.
2-örinni 1 912 ta maşina bilan Lada, 3-örinni esa 856 ta maşina bilan Renault egallagan.
Yetakçi beştalikni Ravon (774 dona) va KIA (771 dona) markalari yakunlamoqda. Eng muvaffaqiyatli markalar yetakçi öntaligiga Hyundai (673), GAZ (611), UAZ (454), Nissan (403) va Volkswagen (375) kirgan.
Eng köp sotilgan yengil modellar reytingida eng yuqori poğonalarni Toyota Camry (885 dona), Lada 4x4 yöltanlamasi (605) va Ravon Nexia (576) egallamoqda. Yetakçi beştalikni Toyota Rav4 (526) va Lada Granta (489) yakunlamoqda.
Yetakçi modellar yigirmataligidan, şuningdek, Lada Largus (341), Toyota Land Cruiser 200 (319), Renault Sandero (305), Renault Duster (300), Volkswagen Polo (297), Hyundai Creta (292), Toyota Land Cruiser Prado (234), Toyota Corolla (185), Lexus LX (181), KIA Rio (173), Hyundai Tucson (172), Nissan X-Trail (151), Lada Kalina (140), UAZ Patriot (140) va Chevrolet Cruze (131) modellari joy oldi.
Maşinalar sotib olişda eng köp faollikni Olmaota (2 770 ta maşina), Ostona (2 149), Atirau (788), Çimkent (682), Qarağanda (663), Qöstanay (641), Uralsk (479), Ust-Kamenogorsk (470), Aqtau (467) va Oqtobe (406) şaharlari aholisi körsatgan.












