Singapurda vending avtomati (turli yeguliklar, içimliklar sotişga möljallangan qurilma) prinsipi böyiça bajarilgan avtomobillar sotuvçi antiqa dilerlik markazi qurildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
15 qavatli inşootda 60 tagaça maşina joylaştirilişi mumkin. Uşbu dilerlik markazi Autobahn Motors firmasiga tegişli bölib, uning yaratuvçilarining aytişiça, ular şu tariqa şaharning yuklangan köçalaridagi joydan töğri foydalanişni hamda kreativlik namoyiş qilişni istaşgan.
Uşbu "vending" garajining katta qismi sport maşinalari va superkarlar hamda haşamatli va turli klassik maşinalar bilan töldirilgan. Bu markazdagi maşinalardan birini köriş uçun uning yonidagi maxsus sensorli ekranda uşbu maşinani tanlaş kerak. Tizim maşinani taxminan 2 daqiqa içida pastga tuşirib beradi.
Şunga öxşaş "avtomat" 2016 yilda AQŞning Texas ştatida barpo etilgandi. Uni Carvana dilerlik tarmoği qurgan. Biroq bu markaz Singapurdagidan farqli ravişda, 8 ta qavatga ega va unga 30 tagaça maşinani joylaştiriş mumkin.












