17 may kuni Amerika Qöşma Ştatlarining Özbekistondagi elçisi Pamela Spratlen boşçiligidagi delegatsiya Andijonga keldi.
Viloyat hokimligi binosida elçi xonim hamda AQŞ elçixonasi vakillarini kutib oliş marosimi bölib ötdi. Unda Andijon viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari Abdujabbor Egamberdiyev, yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça hokim örinbosari Serobiddin Ismoilov hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.

Uçraşuv davomida Özbekiston va AQŞ davlati örtasidagi ikki tomonlama aloqalarning samarasi Andijon viloyatida ham öz aksini topib borayotgani haqida söz bordi. Spratlen xonim viloyatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlar kölami, bunyodkorlik işlari bilan tanişdi. Jumladan, Andijon viloyatidagi turizm, madaniy meros obektlari borasida savollariga javob oldi.
Ayni vaqtda viloyatga AQŞ davlatidan böyoq, rangli metall, maşina va asbob-uskunalar hamda kompyuter xizmatlari import qilinib, kimyoviy mahsulotlar, plastmassa mahsulotlari va moliyaviy xizmatlar eksport qilinmoqda.

Hozirgi kunda viloyatda AQŞ sarmoyasi iştirokidagi 7 ta korxona faoliyat olib borayotgan bölib, uşbu korxonalarda 9,5 mingdan ziyod işçilar faoliyat körsatib kelmoqdalar. Birgina hamkorlikning yorqin misoli sifatida “Jyeneral motors” korporatsiyasi sarmoyasi iştirokidagi “JM Özbekiston” qöşma korxonasini keltiriş mumkin. Uşbu korxona tomonidan ötgan yilning özida 70 mingga yaqin "Kobalt", "Captiva", "Malibu" va boşqa turdagi zamonaviy yengil avtomaşinalar işlab çiqarilib, aholining turmuş tarzini yaxşilaşga xizmat qilmoqda.
Uçraşuvdan söng AQŞ elçisi Andijon Davlat Universitetida bölib, öquv dargohida talabalar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Oliygoh öqituvçilari bilan muloqotda böldi.
Pamela Spratlen "Boği Bobur" majmuasida bölib, söng milliy hunarmandçilik bilan şuğullanuvçi usta kulollar bilan uçraşişi ham közda tutilgan.
















