17 may kuni Taekvondo böyiça Özbekiston terma jamoasining 4 vakili öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazdi va törttalasi ham medalga ega böldi. Ayollar jamoasi delegatsiya hisobiga 2ta bronza medal keltirgan bölsa, erkaklar jamoasi bitta kumuş va bitta bronza medal oldi.

- 67 kg vazn toifasidagi Nigora Tursunqulova birinçi bahsda pokistonlik Asiya Batulni yengdi (43:1), ammo final uçun bahsda ozarboyjonlik Farida Azizovaga 0:3 hisobida yutqazdi va bronza bilan kifoyalanadigan böldi.

Foto: MOQ/Nodirxöja Yuldaşev

+73 kg vazn toifasida dayanga çiqqan Svetlana Osipova yarim final bahsida eronlik Akram Xudobandahga 4:7 hisobida imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan kifoyalanadigan böldi. U birinçi bahsda tojikistonlik Mohru Halimova ustidan 11:4 hisobida ğalaba qozongandi.

-80 kg vazn toifasida dayanga çiqqan Maksim Rafaloviç bronza medalini qölga kiritdi. U töğridan-töğri çorak finalda qatnaşib, birinçi bahsda qatarlik Ali Alarminiyni 14:5 hisobida yenggandi, yarim final bahsida turkiyalik sportçi Yunus Sariga 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qöydi.

+87 kg vazn toifasida dayanga çiqadigan Dmitriy Şokin bahslarga çorak finaldan qöşildi, u marokaşlik Zuhair Barazzukka qarşi jang qilib, 24:4 hisobidagi ğalabani qölga kiritdi. U yarim finalda eronlik Hösayn Qurbonzodani 21:9 hisobida yengdi. Finalda u ozarboyjonlik maşhur taekvondoçi Radik Isayev bilan töqnaşdi. Asosiy vaqtda kuçlar teng keldi - 8:8. Qöşimça vaqtda esa mezbonlar vakili aniq harakat qilib, oltinga ega çiqdi, Şokin bu safar kumuş bilan kifoyalandi.

16 may kuni -58 kg vazn toifasidagi taekvondoçi Niyoz Pölatov barça raqiblarini mağlub etib, oltin medal bilan taqdirlangan edi.

17 may kungi bahslar yakuniga köra Özbekiston delegatsiyasi 11ta medal oldi (1ta oltin, 3ta kumuş va 7ta bronza).

Endilikda Özbekiston jamoasi turnir jadvalida jami 43ta medal (8ta oltin, 12ta kumuş va 23ta bronza) bilan törtinçi örinni egallab turibdi. Jami 57ta mamlakat iştirok etayotgan turnirda kamida bitta medal olgan terma jamoalar soni 29ta.