Avstraliyalik Stefi Hyorst tört yil muqaddam meyn-kun zotidagi muşukni, jonivor 12 haftalik bölganda sotib oldi. Yaqinda esa Stefi Umar (muşukning nomi şunday) uçun Instagram’da alohida sahifa oçdi. Unga deyarli 20 ming kişi obuna bölib ulgurdi. Hamma gap muşukning yirik hajmida: uning uzunligi 120 santimetr, oğirligi esa - 14 kilogramm keladi. Stefining fikriça, Umar ösişda hali-hamon davom etayapti. Hayvon ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgaç, uning egasiga Ginness rekordlar kitobi vakillari murojaat qilib, muşukning aniq ölçamlari haqidagi ma'lumotni söraşdi. Hozirça eng uzun muşuk deb Angliyaning Yorkşiridan bölgan 118 santimetrli meyn-kun hisoblanadi, deb xabar bermoqda TJournal. Quyida Ginnesning rekordlar kitobiga kiriş uçun nomzod bölib turgan muşuk Umar tasvirlangan fotosuratlar taqdim etiladi.







Suratlar manbasi:@omar_mainecoon / Instagram.com












