Fransiyaning yangi boş vaziri etib tayinlangan Eduar Filipp tomondan şakllantirilgan mamlakatning yangi hukumati tarkibi Parijda e'lon qilindi. Vazirlar röyxatini Yelisey saroyi boş kotibi Aleksi Koler ma'lum qildi.
Vazirlar mahkamasining yangi tarkibidan 22 kişi joy oldi: 18 vazir va 4 nafar davlat kotibi. Ulardan 11 nafari erkak va 11 nafari ayolni taşkil qiladi. Ulardan 3 nafari davlat vaziri maxsus maqomini olişdi. Bular Lion meri, Sotsialistik partiya safidan bölgan nufuzli siyosatçilardan biri Jyerar Kolon, u içki işlar vaziri etib tayinlandi; fransuz "yaşillari"ning köp yillik yetakçisi Nikolya Yulo, u ekologik ötiş vaziri lavozimini oldi; "Demokratik harakat" yetakçisi Fransua Bayru, u adliya vaziri lavozimini oldi.
Avvalgi hukumatdan yangi hukumatga ötgan yagona vakil Jan-Iv Le Drian – sobiq prezident Fransua Ollandning yaqin safdoşlaridan biri böldi. Yangi hukumatda u Yevropa va xorijiy işlar vaziri lavozimini oldi.
Fransiya mudofaa vaziri lavozimini esa Le Drian örniga Silvi Gular egalladi. U 2007 yildan beri bu lavozimni egallayotgan ilk ayol böldi. Şu bilan birga mudofaa vazirligi nomi ham özgardi, endi u qurolli kuçlar vazirligi deb ataladi.
Fransiya iqtisodiyot vaziri lavozimi Bryuno Le Merga nasib qildi. Mehnat vaziri etib partiyasiz Myuriel Peniko tayinlandi.
Fransiyaning yangi hukumati 7 mayda ötgan prezidentlik saylovlaridan keyin şakllantirildi. 15 may kuni Fransiyaning yangi prezidenti Emmanyuel Makron yangi boş vazir etib Gavr şahri meri Eduar Filippni tayinladi va unga 16 maygaça vazirlar mahkamasini şakllantiriş vazifasini topşirdi.
Yangi vazirlar mahkamasi bir oydan sal köproq, Milliy yiğilişga (parlamentning quyi palatasi) saylovlar ötgunça işlaydi. Bu saylovlar 11 va 18 iyun kunlari ötadi va uning natijalariga köra, yangi hukumat iste'foga ketkaziladi.
Agar Fransiya parlamentiga saylovlarda Makron bloki yutsa, unda yangi hukumat iste'foga ketgandan keyin yana avvalgi tarkibda yiğiladi.












