Moskva şahar sudi Sankt-Peterburgdagi portlaşga aloqadorlikda gumon qilib hibsga olingan özbekistonlik Şohista Karimovani hibsda qoldiriş böyiça qaror çiqardi. Bu haqda TASS muxbiri xabar berdi.

Bu orqali himoya tomoni şikoyati rad etilgan.

Karimova sudda özining terakt taşkilotçiligiga aloqador emasligini aytgan, sumkasidan topilgan qurol esa unga taşlab qöyilganini rökaç qilgan.

"Men terrorizmga heç qanaqasiga aloqador emasman, men kafeda işlaganman. Meni boşqa odam örniga ayblaşmoqda", deya ma'lum qilgan u.

Prokuratura vakilining qayd etişiça, tergov Karimovani jinoyatga aloqador deb topgan.

"Men hisoblaymanki, Karimovaning hibsda turişi işni tekşirişda tergov manfaatlariga xizmat qiladi", - degan sud işida prokuror.

3 aprel kuni metroning "Sennaya ploşçad" va "Texnologiçeskiy institut-2" bekatlari oraliğida harakatlangan poyezd vagonida portlaş sodir bölib, 14 kişi halok böldi.

Peterburg terakti işi böyiça özbekistonlik ayol hibsga olindi

Şohista Karimova şu işga aloqadorlikda gumon qilinib qölga olingan 10 kişidan biridir.

6 aprel kuni Rossiya tergov qömitasi teraktni amalga oşirganlikda gumon qilib sakkiz kişini: Sayfulla Hakimov, Ibrohimjon Ermatov, Dilmurod Möydinov, Bahrom Ergaşev, A'zamjon Mahmudov, Mahamadyusuf Mirzaalimov, Şohista Karimova va Sodiq Ortiqovni qölga olgan edi.

8 aprel kuni Basman sudi Karimovani 3 iyunga qadar hibsga oliş böyiça hukm çiqargandi.