Moskvaning Basman tuman sudi Sankt-Peterburgda sodir etilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilib Özbekiston fuqarosi Şohista Karimovani hibsga oldi. Tergovçilar uning uyida granata va portlovçi moddalar topilganini ma'lum qilganlar. “Tintuv vaqtida Karimovaning uyidan F-1 granatasi detonatori bilan va bomba detallari topildi”, deb tergovçilarning sudda bergan bayonotini keltirib ötdi «Interfaks» axborot agentligi.

Sud majlisida Şohista Karimova teraktni ijro etişda gumon qilingan Akbarjon Jalilov bilan birga bitta kafeda işlaganini aytib ötdi. “Men «Lesnoye” kafesida işlab şu yerning özida yaşardim”, degan Karimova.

Şoxista Karimovaning advokati uning jinoyatga xeç qanday aloqasi yöqligini aytib ötdi. “Tintuv vaqtida qoidabuzarliklarga yöl qöyilgan. Bu granata va detonator uning uyiga ataylab taşlab qöyilgani oçiq-oydin körinib turibdi”, deb aytib ötdi himoyaçi. Uning aytişiça, tintuv joyiga tergovçidan oldin tezkor xizmat xodimlari kelişgan. “Men bunaqasini avval eşitmagandim. Granatani ayollar sumkaçasidan topişgan emiş”, degan advokat. Advokatning ta'kidlaşiça, uning mijozi Jalilovni tanimas edi.   

Avvalroq Basman sudi Sankt-Peterburgdagi terraktga aloqadorlikda gumon qilingan 8 nafar şaxsdan biri – Tojikiston fuqarosi Sodiq Ortiqovni hibsga olgan edi.