Özbekiston çempionatining 11-turidan örin olgan markaziy uçraşuvlardan birida «Paxtakor» «Bunyodkor» mehmoni böldi.

Uçraşuvning 11-daqiqasida Doston Hamdamovning goli «Paxtakor» futbolçisiga tegib darvozadan örin olgan bölsa, ikkinçi bölimda Stanislav Andreyev amalga oşirgan zarba «Bunyodkor» futbolçisiga tegib golga aylandi. Jamoalar qolgan daqiqalarda boşqa gol kiritişning uddasidan çiqa olişmadi. Natijada ikki jamoa öyinlari tarixida sakkizinçi marta durang natija qayd etildi.

Endilikda Jasur Abduraimov şogirdlari 11 öyindan 15 oçko olgan holda 8-örinda joylaşgan, Mirjalol Qosimov qölga ötgan «qaldirğoçlar» jamoasi esa 10 uçraşuvda 10 oçko olgan holda 11-örinda qolmoqda.

Oliy Liga, 11-tur

«Bunyodkor» – «Paxtakor» 1:1 (1:0).
Gollar: Doston Hamdamov (11) – Stanislav Andreyev (71).
«Bunyodkor»: Murod Zuhurov, Rustam Aşurmatov, Akrom Komilov, Javlon Ibrohimov, Şahzodbek Nurmatov (Javohir Esonqulov), Eldor Şomurodov (Farrux Ikromov, 90+2), Doston Hamdamov, Dilşod Ahmadaliyev, Davron Umirov, Otabek Şukurov, Mirjamol Qosimov (Nurillo Töxtasinov). 

«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Adnan Oraxovats, Akbar Ismatullayev, Azim Ahmedov, Şerzod Karimov, Igor Sergeyev, Kamoliddin Tojiyev, Davron Hoşimov, Doston Ibragimov, Stanislav Andreyev, Vladimir Kozak.