Haitida kuçli yomğirlar va suv toşqinlari sabab beş kişi halok böldi va 19 nafari bedarak yöqoldi. Bu haqda Reuters respublika fuqaro mudofaasi departamentiga asosan xabar berdi.
Bayonotda aytilişiça, infratuzilma obektlari jiddiy zarar körgan. Haiti janubidagi Grand-Ans departamentida 322 kişi turli pana joylarda yaşirinib olgan. Mamlakat Şimoli-Ğarbiy departamentida esa 20 kişi şunday yöl bilan jon saqlab qoldi.
Agentlikning ta'kidlaşiça, Haiti xalqi yomon infratuzilma va davlat resurslarining yöqligi sabab tabiiy ofatlardan juda jiddiy jabr körib keladi.












