Yaponiya hukumati mamlakat imperatori Akixitoning taxtdan voz keçişi va tojni merosxöri şahzoda Naruxitoga topşirişiga ruxsat beruvçi qonun loyihasini ma'qulladi. Hujjat 19 mayning özida tasdiqlaş uçun parlamentga taqdim etiladi.  Kyodo agentligi ma'lumotiga köra, qonun iyun oyi örtalarida qabul qilinişi mumkin. 

Qayd etiş joizki, mazkur qonun loyihasi 83 yoşli imperator uçun maxsus işlab çiqildi. Akixito 2016 yilning avgustida öz xalqiga qilgan videomurojaatida keksaligi tufayli majburiyatlaridan voz keçiş istagini bildirgan edi. Taxminlarga köra, u 2018 yil dekabr oyida, 85ga kirganida taxtni şahzodaga topşirişi mumkin. 

Albatta, qonun loyihasiga köra, Akixito taxtdan tuşganidan keyin ham "Janobi oliylari" maqomi, davlat ta'minoti va boşqa imtiyozlarini saqlab qoladi. 57 yoşli merosxör şahzoda Naruxito esa otasi tojdan voz keçişi bilan zudlik bilan taxtni egallaydi. 

Yaponiya uşbu qonun loyihasini işlab çiqişda keyingi holatlarni ham e'tiborga olişga harakat qilib, taxtdan voz keçiş doimiy tus olmasligiga e'tibor qaratgan. Amaldagi qonunçilikka köra, imperatorlar umrlarining oxirigaça taxtda bölişadi. Sönggi marotaba Yaponiya imperatorining taxtidan voz keçişi 200 yil avval, 1817 yilda bölgan. Öşa vaqtlarda bu oddiy hol bölgani uçun alohida qonun qabul qilinişi talab etilmagan. Umuman, Yaponiya tarixidagi 125 nafar imperatorning deyarli yarmi taxtdan voz keçgan.