Xitoyda "smog degustatorlari"ni işga yollaş boşlandi. Bu lavozimga hid seziş qobiliyati yaxşi rivojlangan kişilar işga olinadi, çunki ularga mamlakatning turli hududlaridan yiğilgan havo namunalarini tahlil qiliş va ifloslaniş darajasi hamda buning manbalarini aniqlaşlariga töğri keladi.
Xitoyning "smog poytaxti" deb ataluvçi Şitszyaçjuan şahri meriyasi vakilining ta'kidlaşiça, texnologiyalar taraqqiy qilganiga qaramasdan, atmosfera ifloslanganligini tezkor aniqlaş uçun köp vaqt talab qilinadi. "Şu sababli hid seziş qobiliyati yaxşi rivojlangan xodimlarni işga olişga qaror qilindi", deb aytgan meriya vakili.
Aytiş joizki, bölğusi "degustatorlar" maxsus malaka oşiriş kurslaridan ötadilar. Iş vaqtida ularga ötkir ziravorli taomlar yeyiş, atir-upalardan foydalaniş taqiqlanadi.
Avvalroq Xitoy davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyan mamlakat hukumati yaqin orada havo ifloslanişiga qarşi bir qator çoralar qabul qilişini ma'lum qilgandi.












