Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 8 maketining yangi suratlari tarqaldi. Suratlar BGR portaliga joylandi.

Manbada ta'kidlanişiça, maket Apple'da tasdiqlangan iPhone 8 çizgilari böyiça işlangan. Ularning sözlariga köra, yangi iPhone aynan şunday körinişga ega böladi. Suratlarda Apple'ning yangi smartfoni orqa qopqoği şişadan işlangani, ikkilamçi kamera esa vertikal bölişini köriş mumkin. Şuningdek, xuddi iPhone 7'da bölgani kabi 3,5 millimetrli quloqçin ulagiç yöq.

Maketda TouchID skanerli Home tugmasi yöq. Ehtimol, Apple barmoq izlari skanerini smartfonning orqa qopqoğiga emas, ekranga örnatar.

Latviyalik bloger Bendjamin Geskin 2017 yilning aprelidayoq özining Twitter'ida  şunga öxşaş suratlarni çop etgandi. Uning sözlariga köra, suratlarda işçi prototip emas, korxonada yaratilgan smartfonlar maketi tasvirlangan bölgan.

Yangi iPhone 2017 yilning kuzgi mavsumida, Apple'ning doimiy taqdimotida namoyiş etiladi. Ma'lumotlarga köra, smartfon 5,8 dyuymli OLED-displeyga ega böladi.