Amerikadagi Time jurnalining navbatdagi soni muqovasida Rossiyaning AQŞga ta'siri ifodalandi: unda Oq uy Vasiliy Blajyenniy ibodatxonasiga evrilayotgani körsatilgan.

Jurnal saytida uşbu surat «Rossiya ijtimoiy tarmoqlarining Amerika bilan uruşi» haqidagi maqolaga biriktirilgan. 

Bundan avvalroq, mart oyi boşida amerikaliklarning The New Yorker jurnali öz muqovasiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin suratini qöygandi va birinçi sahifada rusça sözlar yozilgandi.

Ikki oy ötib esa Fox News telekanali boşlovçisi efirni rusça sözlar bilan boşlab, rusça sözlar bilan yakunlagan, bu orqali «ruslarning xöjayinligi»ga kinoya qilgandi.