«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi sobiq yarimhimoyaçisi Xavi Ernandes hozirda töp surayotgan Qatarning «As-Sadd» jamoasi bilan joriy mavsumdagi ikkinçi sovrini qölga kiritdi.
«As-Sadd» Qatar amiri kubogi finalida Mikael Laudrup boşçilik qiladigan «Ar-Rayyan» klubini 2:1 hisobida mağlubiyatga uçratdi.
Klub rasmiy tvitteri ğalabani uç yil oldingi natija bilan eslagan. Öşanda kubokni qölga kiritgan Raul va yangi ğolib Xavining kubokni öpib tuşgan rasmlari joylangan.
«Tarix takrorlanmoqda. Uç yil oldin bu Raul bilan qayd etilgandi. Endi — Xavi bilan. «As-Sadd» afsonalarni birlaştiradi», — deb yozilgan klub tvitterida.











