Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 19 may kuni amaliy taşrif bilan Turkmanistonga keldi. Bu haqda ÖzA maxsus muxbiri Abu Bakir Örozov xabar qiladi.

Şavkat Mirziyoyevni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining örinbosari, taşqi işlar vaziri Raşid Meredov kutib oldi.

Turkmanboşi xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon şarafiga Özbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari kötarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Turkmanboşi şahrida ötadigan uçraşuv va muzokaralar Prezidentimizning joriy yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat taşrifi doirasida ötgan oliy darajadagi muloqotning mantiqiy davomi bölib, ularda mamlakatlarimiz örtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almaşiladi.

Muzokaralar yakunida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boşqa qator hujjatlar imzolanişi közda tutilgan. Mamlakatlarimiz işbilarmon doiralari vakillari örtasida özaro manfaatli tijorat şartnoma va bitimlar imzolanişi kutilmoqda.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning Orol fojiasidan eng köp zarar körgan hududlaridan kelgan bir guruh bolalar dam olayotgan "Avaza" milliy sayyohlik zonasiga ham taşrif buyuradi.