Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy taşrifi davomida "Avaza" milliy sayyohlik zonasining "Kamalak" bolalar köngiloçar boğida özbekistonlik bolalar bilan uçraşdi. Bu haqda ÖzA maxsus muxbiri Abu Bakir Örozov xabar qildi.

Joriy yilning may oyi boşida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqotida Turkmaniston Prezidenti Kaspiy sohilidagi bolalar soğlomlaştiriş markazlari özbekistonlik bolalarni qabul qilişga tayyorligini bildirgan edi.

Mazkur taklifga binoan Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan 100 nafar bola “Dayanç” bolalar soğlomlaştiriş markaziga yuborildi. Şavkat Mirziyoyev bolalar bilan dam oliş taassurotlari, turkmanistonlik tengdoşlari bilan döstlik munosabatlari töğrisida suhbatlaşdi, soğlomlaştiriş markazida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

Şavkat Mirziyoyev markazga taşrifi davomida bolalarga sovğalar ulaşdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy taşrifi davom etmoqda.