Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tottenhem» va «Liverpul» «yangi Beyl» uchun kurash boshladi

Foto: VVS
«Tottenhem» «Fulhem»ning 17 yoshli qanot yarim himoyachisi Rayan Sessenon uchun «Liverpul» bilan raqobat boshladi. Bu haqda Express xabar tarqatdi.
Xabarga ko‘ra, «shporlar» bu yosh futbolchi uchun 14 million yevro berishga tayyor. Ushbu futbolchini hozirda ingliz nashrlari «yangi Beyl» deb atashmoqda.
Joriy mavsumda «Fulhem»da debyut qilgan Rayan jamoasining 30 uchrashuvida maydonga tushdi hamda 7 gol urib, 4 golga uzatma berdi.
Transfermarkt portalida uning transfer qiymati 3 million yevro etib ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid

08:11 / 14.08.2025
«PSJ» kambek amalga oshirdi va Superkubokni qo‘lga kiritdi

18:12 / 03.08.2025
Son Hyong Min 10 yillik faoliyatidan keyin «Tottenhem» bilan xayrlashdi

12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi

15:13 / 21.05.2025