AQŞ prezidenti Donald Tramp özining ilk xorijiy safari davomida Saudiya Arabistoniga taşrif buyurdi. Taşrif Yaqin Şarqda Saudiya Arabistoni va AQŞning terrorçilikka qarşi kuraşida kuçli hamkorlik qurişga yönaltirilgan.
Saudiya Arabistoniga Tramp bilan birga uning rafiqasi Melanya Tramp, qizi Ivanka Tramp va uning turmuş örtoği Jared Kuşner keldi. Trampni qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning şaxsan özi kutib oldi.
Tramp özining ilk safari uçun aholisining aksariyati musulmonlardan iborat bölgan davlatni tanlagan birinçi AQŞ prezidenti böldi. Associated Press axborot agentligining ma'lum qilişiça, Tramp şu tariqa musulmonlarga nisbatan aytgan tanqidiy sözlariga qaramasdan, bu mintaqaga hurmat bilan qaraşini körsatmoqçi bölgan.
Tramp Saudiya Arabistoniga taşrifi davomida uşbu mamlakatning poytaxti Ar-Riyodda ikki kun ötkazadi, söngra Isroilga jönaydi. U safari davomida şuningdek Vatikanda Rim papasi Frantsisk bilan uçraşadi, Bryusselda NATO sammitida va Sitsiliyada "katta yettilik" uçraşuvida iştirok etadi.

























