Turkiyada hukmron partiya delegatlari ketayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga yo‘liqqan. Bu haqda Anadolu agentligi xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, hodisa oqibatida 32 kishi jabrlangan. Avtobus yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgan.

Avtobusdagi delegatlar Izmirdan Anqaraga partiya s'yezdiga yo‘l olishgandi.

Avtobusda jami 39 kishi bo‘lgan. Jarohatlanganlardan ba'zilari shifoxonaga yuborilgan, ularning hayotiga xavf yo‘qligi aytilgan.