Sud ijroçilarining Ş.Raşidov tuman bölimi iş yurituvida bölgan, fuqarolik işlari böyiça Jizzax tumanlararo sudining 23.01.2017 yilgi sud buyruğiga köra qarzdor Fozilov Asilbek Şerquloviçdan undiruvçi Yusupova Nafosat Isomovna foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta'minoti uçun aliment undiriş haqidagi ijro hujjati böyiça aliment qarzdorligini undiriş maqsadida 2017 yil 12 may kuni qarzdor yaşaş manzili Jizzax tuman Qulama QFY, N.Zuxurov köçasi 3-uyga Ş.Raşidov tuman bölimi sud ijroçisi Ubaydullayev Ikrom undiruvçi Yusupova Nafosat bilan birga borgan. 

Qarzdor yaşaş manzilidan 1 dona “LG” rusumli televizor xatlab olib çiqilgan, şundan söng undiruvçi sud ijroçisiga qarzdorning Qulama QFY hududida çorva mollari borligini, undiruvni çorva mollarga qaratişni sörab murojaat qilgan. Sud ijroçisi I.Ubaydullayev qarzdorni dala hovlisini közdan keçirayotganida qarzdor qarşilik körsatib, dastlab sud ijroçisi tanasiga ikki marotaba, söngra undiruvçi N.Yunusova tanasiga 5-6 marotaba piçoq bilan oğir tan jaroxati yetkazgan. Qarzdor voqea joyidan qoçib yaşiringan. Sud ijroçisi va undiruvçi şifoxonaga zudlik bilan olib kelingan.

Jizzax tuman IIB xodimlari tomonidan qarzdor Fozilov Asil uşlangan va Jizzax tuman prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasining 3-qismi hamda 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Öz farzandidan mehrini qizğanib, moddiy tomondan ta'minlaşdan boş tortib, öz otalik burçini bajarmagani yetmagandek Fozilov Asilbek Şerquloviç qotillik jinoyatiga qöl urdi. Endi u mazkur qilmişlari uçun umrining köp qismini panjara ortida ötkazişiga töğri keladi.

Sud departamentining Jizzax viloyat
hududiy boşqarmasi bölim boşliği
O.Hamraqulov