Ijtimoiy tarmoqlarda yangi iPhone qurilmalari maketlarining yangi suratlari çop etildi. Slashleaks saytiga joylangan suratlarda iPhone 7s, 7s Plus va 8 smartfonlari tasvirlangan.
Manbada ta'kidlanişiça, surat Xitoydagi iPhone korpuslarini işlab çiqaruvçi zavodda olingan.
Suratlarga köra, iPhone 7s va 7s Plus qurilmalari Apple'ning yettinçi modeli korpusi hamda ekraniga ega böladi. iPhone 8, öz navbatida, smartfonning oddiy versiyasidan ança katta, lekin u 5,8 dyuymli ramkasiz OLED-ekranga ega böladi.

Bundan avval BGR portali hamda insayder Benjamin Geskin öz Twitter'ida şu kabi suratlarni çop etgandi. Barça suratlarda iPhone 8 vertikal joylaşgan ikki kameraga ega bölişi körinib turibdi.
Yangi iPhone qurilmalari 2017 yilning kuz oylarida Apple'ning odatiy taqdimotida namoyiş etiladi. Sönggi ma'lumotga köra, kompaniya biryöla uç qurilma işlab çiqaradi, şulardan ikkitasi hozirgi iPhone modellarining biroz yaxşilangan varianti böladi.











