16-21 may kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi Tursinxon Xudaybergenov boşçiligidagi respublika işçi guruhi a'zolari Buxoro va Navoiy viloyatlari aholisi bilan oçiq muloqot tarzida sayyor qabul ötkazdi.
Sayyor qabulda vazirliklar, şahar va tuman hokimliklari, prokuratura, içki işlar, sud organlari rahbarlari hamda boşqa tegişli boşqarma va taşkilotlardan 200 ga yaqin mutasaddilar iştirok etdi.
Tadbirlarda ta'kidlanganidek, bugungi kunga kelib Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida istiqomat qiluvçi aholidan jami 64 mingdan ziyod murojaat kelib tuşgan. Xususan, Buxoro viloyatidan – 35 ming, Navoiy viloyatidan esa – 29 ming.



Mazkur viloyatlardan kelgan murojaatlarning asosiy qismi uy-joy oliş va uy-joy quriş uçun yer ajratiş (14,4 foiz), mehnat va bandlik (10,4), moddiy yordam, iş haqi, pensiya ta'minoti hamda bolalar nafaqasini oliş (8,3), sud qarorlarining ijro etilişi (5,3), bank-moliya va soliqqa tortiş (5,9), sudlarda jinoyat işlari, fuqarolik işlari, xöjalik sudlarida işlar körilişi (7,5), ta'lim sohasiga oid (3,2), elektr ta'minoti masalasi, şu jumladan elektr energiyasining öçirilişi va asossiz qarzdorlik hisoblanişi (1,8) kabi sohalarga oiddir.



Şu bilan birga, tadbirda ta'kidlanganidek, mazkur viloyat hokimliklari mansabdor şaxslari tomonidan qonunçilik talablariga zid ravişda fuqarolar va yuridik şaxslar tomonidan yuborilgan murojaatlarni öz vaqtida körib çiqmaslik hamda muallifga javob bermaslik, sifatsiz örganiş kabi holatlarga tizimli ravişda yöl qöyib keliş amaliyoti davom etayotganligini körsatmoqda.
Jumladan, viloyat hokimliklarida murojaatlar bilan işlaş tizimini töğri taşkil etmaslik, murojaatlarni taqsimlaş va nazorat qiliş işlariga malakali kadrlarni jalb etmaslik hamda tahlil işlarini yölga qöyilmaslik oqibatida Buxoro viloyatida jami 1000 ga yaqin, Naoviy viloyatida 300dan ziyod muddati ötgan murojaat mavjud.















