«Çelsi» Angliya premer-ligasining sönggi hal qiluvçi turida «Sanderlend» ustidan yirik (5:1) hisobda ğalaba qozondi.

Natijada Antonio Konte boşçiligidagi klub çempionatdagi 30-ğalabasini qölga kiritdi. Bu Angliya premer-ligasi uçun rekord natija sanaladi.

Oldingi rekordlar ham «Çelsi»ga tegişli bölib, jamoa çempionatda 29ta ğalabani qölga kiritişning uddasidan çiqqandi. Bunday natijaga londonliklar 2004/05 va 2005/06 yilgi mavsumlarda erişgan.