Rossiya banki 23 may uçun dollarga nisbatan rasmiy rubl kursini belgiladi. U 66 kopeykaga pasayib, 56,50 rublni taşkil etmoqda. 1 yevro 48 kopeykaga arzonlaşib, 63,17 rubl etib belgilangan. Bank saytiga qöyilgan ma'lumotlar şundan dalolat qilmoqda. 

Xabarlarga köra, Moskva vaqti bilan 14:30da Amerika valyutasi Moskva birjasida 56,65 rubldan sotilgan, yagona Yevropa valyutasi 63,86 rubl bölgan. 

Londonning ICE birjasidagi savdolarda esa, Brent navli neft 0,8 foizga qimmatlaşib, bir barreli 54,03 dollarga yetgan.