Tanişi Ahmadjonning (ism-familiyalar özgartirilgan) tomorqa oliş ilinjida yurgani qirq tört yoşga kirgan Bahrom Xoltojiyevning quloğiga çalindi-yu, köçasidagi böş turgan ön sotix yer maydonini pullaş rejasi tuğildi. “Pul zarur bölib qoldi, tomorqamni sotmoqçiman”, deya Ahmadjonga öşa yerni körsatdi. U bilan savdolaşib, 3750 AQŞ dollariga sotişga rozi böldi. Sobiq şirkat xöjaligining boş hisobçisi O.Abdusattorovni “yölga solib”, şirkat xöjaligining soxta qarorini tayyorladi. Qarorni Ahmadjonga berib, undan olgan pulni bemalol sarflab yubordi. Çuv tuşgan A.Nazarov pulini qaytarib berişni talab qildi. “Ustamon” esa “Ana beraman, mana beraman”, deya uni laqillatib yuraverdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Qöşni qişloq köçasida B.Xoltojiyevning közi qarovsiz, eski avtobusga tuşdi. “Ehtiyot qismlari “GAZ 53” yuk maşinasi bilan bir xil. Maydalab sotib, yaxşigina daromad topsa böladi”, deya xayolidan ötkazdi. Tanişi, yuk maşinasi haydovçisi Bahriddin bilan telefonda boğlandi. U, “Ha töğri, zapçastlari bir xil, xaridorgir”, degaç, B.Xoltojiyev öşa yerda turgan yigitni gapga soldi. “KAVZ” rusumli eskirgan, turib qolgan avtobus Farğona şahrida yaşovçi E.Sattorovga qaraşli ekanligini suriştirib bildi. Uning telefon raqamini sörab olib, qönğiroq qildi. Avtobusni sotişni söragan edi, u rozi böldi. Şundan keyin B.Xoltojiyev haydovçi örtoği Bahriddin bilan E.Sattorovning uyiga bordi. Uni avrab, avtobusni 6 mln. sömga sotişga köndirdi. “Pulini ikki oy içida keltirib beraman”, deb işontirdi. Kelasi kuni qöşni qişloqdagi avtobusni örtoğining “GAZ-53” rusumli yuk maşinasida şatakka olib ketdi. B.Xoltojiyev avtobus ehtiyot qismlarga ajratib, Qumtepa bozorida pullab yubordi. Ammo egasiga pulini bermadi.

Jabrlanuvçilar B.Xoltojiyevning firiblari haqida tegişli joyga ariza bilan murojaat qilişdi. Tergov jarayonida firibgar aybiga töliq iqror böldi. E.Sattorovdan keçirim, suddan yetkazgan zarar örnini qoplaş uçun imkon berişni söradi.

Sud B.Xoltojiyev öziga tegişli bölmagan ön sotix yerni jabrlanuvçi A.Nazarovga aldab sotib, unga yetkazgan 10 mln. 225 ming söm zararni töliq qoplaganini, muqaddam sudlanmaganini, uç nafar farzandi borligini, qilmişidan astoydil puşaymonligini inobatga oldi. Avtobus egasi – jabrlanuvçi E.Sattorovga 6 mln. söm undirgan holda sudlanuvçiga 2 yil axloq tuzatiş işlari jazosini tayinladi. Sud amnistiya qaroriga asosan tayinlangan axloq tuzatiş işlari jazosidan ozod qiliş haqida hukm çiqardi.