Italiya A seriyasining 37-turidan örin olgan uçraşuvlardan birida «Latsio» «Inter»ni qabul qildi.
Heç narsani hal qilmaydigan uçraşuvda «Latsio» milanliklarga imkoniyatni boy berdi. Uçraşuvning 18-daqiqasida Balde Keytaing golidan söng mezbonlar hisobda oldinga çiqib olişgandi. Biroq qolgan daqiqalarda uçta töp ötkazib yuborgan Simone Inzagi şogirdlari Rimdagi sönggi uçraşuvni boy berişdi.
Uşbu ğalabadan keyin «Inter» hisobidagi oçkolar soni 59taga yetdi, ammo bu jamoa uçun yevrokuboklarda iştirok etiş imkoniyatini taqdim etmadi. «Latsio» esa 70 oçko bilan 4-örinda qolmoqda.
Italiya A seriyasi, 37-tur
Latsio – Inter 1:3 (1:2)
Gollar: Keyta (18, penalti) – Andreolli (31), Xudt (37, avtogol), Eder (74).
Latsio: Vargiç, Uolles, de Vrey (Basta, 59), Xudt, Felipe Anderson (Krekko, 78), Luis Alberto (Lombardi, 67), Luliç, Bigliya, Milinkoviç-Saviç, Keyta, Immobile.
Inter: Handanoviç, Murilo (Santon, 23), Nagatomo, D`Ambrozio, Andreolli, Brozoviç, Galyardini, Kandreva, Medel (Banega, 86), Perişiç, Eder (Pinamonti, 81).
Ogohlantirişlar: Murilo (17), Xudt (46), Eder (47), Keyta (61), Luliç (71), Lombardi (80).
Çetlatişlar: Keyta (66), Luliç (78, ikkalasi — Latsio).












