Yelisey saroyining xabar berişiça, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan Versalda 29 may kuni muzokaralar ötkazadi. Bu haqda Yelisey saroyi tarqatgan bayonotda aytiladi.

Kuni keça "Kommersant" gazetasi öz manbalariga asosan Putinning Fransiyaga taşrifi 29 may kuni amalga oşişi haqida xabar bergandi. Naşr ma'lumotlariga köra, taşrifga sabab – fransuz qirollarining Versaldagi qarorgohida Pyotr I’ga bağişlangan körgazmalarning oçilişidir.

"Bu körgazma Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyi bilan hamkorlikda taşkil etildi hamda şu orqali Fransiya va Rossiya örtasidagi diplomatik munosabatlarning 300 yilligi nişonlanadi", - deya ta'kidlab ötişdi Fransiya rahbari ma'muriyatida.