Joriy yilda “Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimda qiymati 23,26 million AQŞ dollariga teng 10 ta investitsiya loyihasi amalga oşiriladi. Bu haqda Milliy matbuot markazida taşkil etilgan anjumanda axborot berildi.

"Uşbu investitsiya loyihalarni zamonaviy ilğor texnologiyalar asosida amalga oşiriş maqsadida Rossiya, Ukraina, Turkiya va Tayvan davlatlari kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilib, jami 14,4 million dollarlik şartnomalar imzolandi, – deydi “Özdonmahsulot” AJ raisi örinbosari Erkin Alimov. – Mazkur sarmoyalar un işlab çiqaruvçi tegirmon, buğdoy yormasi, omuxta-yem hamda polipropilen qop yetkazib beruvçi yangi sexlarni barpo etiş, mavjudlarini modernizatsiya qilişga jalb qilinadi".

Ta'kidlaş joizki, bugungi kunda “Özdonmahsulot” kompaniyasi tizimidagi korxonalarda 58 ta un işlab çiqaruvçi tegirmon, 114 ta non, 46 ta makaron, 45 ta omuxta-yem, 2 ta yorma sexi faoliyat körsatmoqda. 2010-2017 yillarga ular faoliyatini yanada kuçaytiriş, xususan, respublikamiz içki iste'mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan töldiriş, mahsulot turlarini kengaytiriş, aholini sifatli non va non mahsulotlari, makaron va yorma mahsulotlari bilan ta'minlaşga qaratilgan dasturga muvofiq, tizimdagi korxonalar tomonidan qator ijobiy  işlar amalga oşirib kelinmoqda.

Jumladan, Germaniyaning “Wachtel”, Rossiyaning “Viniks” kompaniyalariga tegişli dastgohlar tizim korxonalarida örnatilişi natijasida non mahsulotlari sifati yaxşilandi, işlab çiqariş hajmi oşdi, eng muhimi, olis qişloq hududlaridagi aholiga issiq non mahsulotlarini öz vaqtida yetkazib beriş şaroitlari yaratildi. 

Sönggi yetti yilda işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş va yangi quvvatlarni qurib, işga tuşiriş böyiça “Özdonmahsulot” AK tomonidan 301 milliard sömdan ziyod mablağlar yönaltirilib, 171 ta yangi quvvatlar işga tuşirildi, 62 ta korxona Rossiya, Ukraina, Germaniya, Şvetsariya, Turkiya va Italiya davlatlarining zamonaviy ilğor texnologik uskunalari asosida modernizatsiya qilinib, texnik jihatdan qayta jihozlandi. 

Amalga oşirilgan işlar natijasida 1768 ta yangi iş örni yaratildi, elektr energiya sarfi 15-20 foizgaça kamaydi, işlab çiqariş hajmi va turlari 10-15 martaga köpaydi. Mazkur zamonaviy texnologiyalar asosida non pişiriş jarayoni jahon standartlariga monand avtomatik ravişda past bosimli gaz yoqilğisi hamda  zanglamaydigan materialdan maxsus işlangan non qoliplarida amalga oşirilişi yölga qöyildi.

Anjumanda aholi salomatligini yanada yaxşilaş maqsadida “Unni boyitiş Milliy dasturi”ga muvofiq, korxonalarda unni boyitiş tizimi böyiça olib borilayotgan çora-tadbirlar xususida ham söz yuritildi.