Şu yilning 26-29 may kunlari Termiz şahrida kuraş böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun Hakim at-Termiziy xotirasiga bağişlangan XIII xalqaro turnir bölib ötadi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Termiz şahri mezbonlik qiladigan kuraş böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun Hakim at-Termiziy xotirasiga bağişlangan an'anaviy XIII xalqaro turnirning nufuzi ham jahonaro keng e'tirof etilmoqda. Qator davlatlar polvonlari mazkur turnirda qatnaşişga katta qiziqiş bildirmoqda. Kuraş xalqaro assotsiatsiyasidan ma'lum qilişiça, 1993 yildan buyon har ikki yilda ötkazilayotgan turnirda ötgan davr mobaynida dunyoning eng nomdor polvonlari kuç sinaşgan. 

Joriy yilgi musobaqada 50 davlatdan 150 dan ziyod sportçi va mehmon iştirok etişi kutilayotgani ham turnirning nufuzi ortib borayotganidan dalolatdir. Turnir 73, 90 kilogramm va mutlaq vazn toifasida bölib ötadi. Turnirning mukofot jamğarmasi 56 ming dollar bölib, mutlaq vaznda ğolib bölgan polvon Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 25 000 dollarga sazovor böladi. Ikkinçi örin sohibi 10 000 dollar, ikkita uçinçi örin sohiblari 5000 dollardan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Qolgan vazn toifasidagi ğolib va sovrindorlarga ham yirik pul mukofotlari ta'sis etilgan.