Özbekiston aholisining, ayniqsa, yoş avlodning ma'naviy va intellektual ehtiyojlarini qondirişda kitobning örni va ahamiyatini yanada oşiriş, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş maqsadida Özbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qator vazirlik va taşkilotlar bilan hamkorlikda 2017 yilning
25-27 may kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlar markazlarida hamda Toşkent şahridagi Ğafur Ğulom nomidagi madaniyat va istirohat boğida “Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor” şiori ostida an'anaviy Respublika “Kitob bayrami” ötkaziladi. Bu haqda Özbekiston matbuot va axborot agentligi xabar bermoqda.
Sayl tarzida ötkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy hamda ensiklopedik yönalişdagi kitoblar taqdimotlari, noşir va mualliflar, adib va şoirlar, kitob grafikasi rassomlarining kitobxonlar bilan bevosita ijodiy uçraşuv-muloqotlari, muşoiralar va suhbatlar, sovrinli intellektual viktorinalar, şuningdek, “Kitobsevarlarni qutlaymiz!” nomli konsert dasturlari örin olgan.
26 may kuni “Kitob – millatning bebaho madaniy va ma'naviy merosi” mavzuidagi V ilmiy-amaliy konferensiya ham ötkaziladi.











