«Liverpul» yarim himoyaçisi Emre Jan may oyida «Uotford» darvozasiga urgan gol 12 nomzod orasida birinçi böldi. Avvaliga har oyning eng yaxşi goli mualliflari orasida saralaş ötkazilgan, finalda 3 futbolçi qolgan.

Finaldagi 3 futbolçidan biri Janning goli muxlislarga «Vest Hem» hujumçisi Endi Kerrollning «Kristal Pelas»ga urgan goli hamda «Arsenal» hujumçisi Olive Jiruning xuddi şu «Kristal Pelas» darvozasiga yöllagan golidan köra köproq yoqqan.

Jiruning «qisqiçbaqa» usulidagi zarbasi.

Kerroll ham undan qolişmagan.

23 yoşli Jan «Liverpul» safida 2014 yildan buyon öynab kelmoqda.

2016/17 yilgi mavsumda u APLning 32 uçraşuvida maydonga tuşib, 5 gol urgan va ikki golga hammualliflik qilgan.