Avvallari qanday bölgan?

Qayd etiş kerakki, Yevropada yanvar oyidagi transferlar — hamişa ham yodda qolarli transferlar böla olmaydi. Qişda katta transferlar amalga oşirilişi — kam uçraydigan holat. Albatta, istisnolar ham böladi. Masalan, 2011 yil yanvarida «Çelsi» «Liverpul»dan Fernando Torresni 50 million funtga (58,5 million yevro) sotib olgandi — öşanda bu ingliz klublari uçun rekord bölgan, futbol tarixida esa 6-örinda qayd etilgandi.

Ammo, masalan, ötgan yilda APLda qişdagi eng yirik transfer Migel Almironning «Atlanta»dan (Italiyaning «Atalanta»si emas) «Nyukasl»ga 20 million funtga ötgani bölgandi. Bu 8 yildagi inflatsiya darajasi va ikkita köpmilliardli teleşartnomalar tufayli Angliya klublarining daromadlari ösişi evaziga bölgandi. Şuningdek, «Lester» «Monako»dan Yuri Tilemansni safiga qöşib olgan, «MYu» Marvon Fellaynini Xitoyga jönatgan edi.

2019 yil yanvarida APL klublari yangi xaridlar uçun jami 191 million yevro sarflaşgan, bu pullar atigi 29 futbolçi uçun sarflangandi. Taqqoslaş uçun, 2018 yil yozida ingliz klublarining transferlar uçun umumiy xarajati qariyb bir yarim milliard yevroga yetgandi — 1,421.

Şunga öxşaş holat boşqa top-çempionatlarda ham kuzatiladi. Ispaniyadagi klublar 2019 yil yanvarida yangi futbolçilar uçun jami 72,8 million yevro (35 transfer sarflagan). Italiyada — 146 million yevro (29ta transfer), bu mablağlarning yarmi «Milan» tomonidan sarflangan, klub Lukas Paketa va Kşiştof Pyontek uçun 38 million yevrodan tölagandi. Germaniyada — 73,6 million yevro (21ta transfer). Fransiyada — 86,7 million yevro (33ta transfer), ammo bu mablağning qariyb yarmi — Leandro Paredesning «Zenit»dan «PSJ»ga transfer bölişi uçun sarflangan, törtdan bir qismi esa — ligani tark etişdan qutulib qoliş uçun yangi tarkib yiğişga kirişgan «Monako» hissasiga töğri kelgan.

2020 yilgi qişki transferlar oynasida hozirça juda katta transferlar bölmadi, ammo transferlarning sönggi kuniga qadar bunga umid saqlanib qoladi.

«Barselona» Eriksenni öziga oğdira oladimi?

Foto: Stephen Pond/Getty Images

Kristian Eriksen qişda «Tottenhem»ni tark etişiga şubha yöq. Daniyalik futbolçi ötgan yil yozidayoq klubdan ketişga harakat qilgan, ammo negadir klubdagilar uni olib qolişgandi. Ammo bundan heç bir naf bölmadi – mavsumning birinçi qismida uşbu yarimhimoyaçi klub uçun öynaşni istamayotganini bildirib qöydi.