31 yanvar kuni Yevropadagi ligalarning köpçiligida qişki transferlar darçasi yopiladi. Qolgan kunlar davomida yana kimlar jamoalarini özgartirişi mumkin?

Brunu Fernandeş, «Sporting» L

Brunu Fernandeş. Foto AFP

Möljal: «Mançester Yunayted»

Bu transfer ertagi yozdan buyon davom etmoqda. Lissabonliklar klubi yetakçisi uzoq vaqtdan buyon «MYu» bilan muzokaralar ötkazmoqda, avgust oyida «Yunayted» muxlislari hatto Fernandeş «Benfika»ning mağlubiyatli öyinidan keyin yiğlaşini Portugaliya bilan xayrlaşiş sifatida qabul qilişgandi. Lekin barçasi murakkablaşib ketdi va hamon Portugaliya çempionati yulduzining kelajagi tuman içida qolmoqda. Pogba butun mavsumni jarohatini davolaş bilan ötkazmoqda, şunday ekan, «MYu»ga Fernandeş suv va havodek zarur. Yanvarda «Yunayted» uşbu futbolçi transferi böyiça bir neça taklif yölladi. A Bola naşri ma'lumotiga köra, sönggi taklif — 60,5 million yevro miqdorida edi. Goal.com naşri xabariga köra, «Sporting» 80 million yevro talab qilmoqda, ammo «MYu» bunça köp tölaşga tayyor emas. Balki, Fernandeş yozgaça Lissabonda qolar.

Olive Jiru, «Çelsi»

Möljal: «Inter»

Kök-qoralar bu mavsumda britan bozori uçun oçiq bölmoqda: Aleksis Sançes, Lukaku, Yang, Mouzes, Eriksen... Navbatda — Jiru turibdi. Kontega hujum çiziğida Lukaku va Martines uçun zaxira varianti kerak, 33 yoşli fransuz esa bu rolga mos tuşadi. Jiru bu mavsumda Angliya çempionatining atigi beş öyinida maydonga tuşdi, yoşlar bilan yangi jamoa qurayotgan Frenk Lempard esa uni qöyib yuborişga qarşi emas. «Inter» klubi sport direktori bir hafta muqaddam Jiru böyiça muzokaralar ötkazilayotganini tasdiqlagandi, ammo u bu transfer faqatgina klubdagi forvardlardan birini sotiş evaziga röy berişini aytib ötgandi. Bugun Politano «Napoli»ga yöl oldi va Jiru uçun yöl oçildi.

Edinson Kavani, «PSJ»

Edinson Kavani. Foto AFP

Möljal: «Atletiko», «Çelsi», «Mançester Yunayted»