Filippin prezidenti Rodrigo Duterte duşanba, 22 may kuni rasmiy taşrif bilan Moskvaga keldi. Uni Vnukovo-2 aeroportida RF TIV rahbari örinbosari Igor Morgulov va ikki davlat vakillari kutib olişdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Duterte 22-26 may kunlari Rossiyada böladi. Filippin TIVning xabariga köra, prezidentning Rossiyaga taşrifidan maqsadi ikki davlat örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşdan iboratdir. 

Filippin yetakçisi Rodrigo Dutertening Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvi 25 may kuni bölib ötadi, deb  xabar qilmoqda Kreml ma'muriyati matbuot xizmati. "Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlantiriş istiqbollari rejalaştirilmoqda", — deyiladi matbuot xizmati xabarida. Taşrif yakunlari böyiça qöşma bayonot qabul qilinadi, qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi. 

Bundan taşqari, uçraşuv davomida xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almaşiladi, bunda asosiy e'tibor Osiyo-Tinç okeani mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaşga qaratiladi. 

Avvalroq, Filippin mudofaa vaziri Delfin Lorenzana rossiyalik hamkasbi Sergey Şoygu bilan uçraşuvida Filippin va Rossiya Duterte taşrifi çoğida mudofaa sohasida hamkorlik kelişuvini imzolaşini bildirgan edi. Dutertening özi ham RFga taşrifi oldidan rossiyalik OAVga bergan intervyusida xavfsizlik va mudofaa masalalari markaziy mavzu bölişini aytgan edi. Filippin yetakçisi, xususan, RF qurol-yaroğlari yetkazib berilişiga umid qilmoqda. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Filippin rahbari Rodrigo Duterte bilan Peruda bölib ötgan OTIH sammitida uçraşgan va Rossiyaga taklif qilgan edi.