22 may oqşomida Mançesterdagi sport arenasida sodir etilgan va 22 kişini hayotdan olib ketgan portlaşni sodir etgan terrorçining şaxsi ma'lum qilindi. CBS News telekanali xabariga köra, bu teraktni 23 yoşli Salmon Abedi sodir etgan.
Qayd etilişiça, bu terrorçi avvaldan britaniyalik maxsus xizmat xodimlariga taniş bölgan.
Bundan avvalroq IŞID uşbu terakt uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgandi.
Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey şoşilinç brifing vaqtida politsiya terakt ijroçisi şaxsi haqida ma'lumotga ega ekani, uning nomi tergov jarayoniga xalaqit bermaslik uçun vaqtinçalik oşkor etilmasligi haqida ma'lum qilgandi.












