22 may kuni Mançesterdagi Manchester Arena yopiq stadionida sodir etilgan terakt vaqtida qurbon bölganlar soni 22 nafarni taşkil qilmoqda. Bu haqda politsiya ma'lumotiga asoslangan holda mahalliy televideniyeda xabar qilindi. 

Şuningdek, portlaş oqibatida jarohatlangan 59 kişi şifoxonaga murojaat qilgan.

«Qurbonlar orasida bolalar ham bor», — deya ma'lum qilgan politsiya vakili.

Eslatib ötamiz, 22 may kuni keçqurun Mançesterda amerikalik qöşiqçi Ariana Grandening konserti bölib ötayotgan stadionda portlaş yuz berdi. Dastlabki xabarlarda hodisa oqibaqtida kamida 19 kişi halok bölgani va 50dan ortiq kişi yaralangani aytilgandi.