Nokia va Apple kompaniyalari patent huquqlari buzilgani xususidagi sud tortişuvlariga çek qöyiş va özaro hamkorlik töğrisidagi kelişuvni imzoladi. Bu haqda Finlandiya kompaniyasi matbuot xizmati axborotida söz yuritilgan. 

Hujjatga muvofiq, Nokia Apple kompaniyasiga bir neça mahsulotini taqdim etadi va tarmoq infratuzilmalari xizmatini körsatadi. Şu bilan birga, kompaniyalar salomatlik uçun elektron mahsulotlar işlab çiqişda hamkorlik qiliş borasida imkoniyatlarni qidiradi. 

Ammo, kelişuv şartlari va qiymatiga oydinlik kiritilmagan. 

Eslatib ötamiz, 2016 yil 22 dekabrda Nokia kompaniyasi Apple ustidan Germaniya va AQŞning bir neça sudlariga patent da'volari bilan murojaat qilgani haqida xabarlar paydo bölgandi. 

«Nokia kompaniyasi bizning uzoq muddatli investitsiyalarimiz va işlanmalarimiz tufayli bugungi kunda zamonaviy mobil qurilmalar, xususan, Apple qurilmalarida foydalaniladigan texnologiyalar işlab çiqildi», — degan edi Nokia patent departamenti rahbari Ilkka Raxnasto. 

Apple, öz navbatida, Finlandiya kompaniyasini «patent trollari» bilan til biriktirganlikda aybladi. Apple vakili sözlariga köra, Nokia adolatli taklif asosida öz patentlariga litsenziyalarni berişdan boş tortgan, endi esa, Apple kompaniyasidan pul undirmoqçi.