Rossiya davlat Dumasiga xorijliklar va Rossiya fuqaroligi bölmagan şaxslar, Rossiyada istiqomat qiliş uçun hujjatlarni notöğri rasmiylaştirsalar, ularga nisbatan qöllaniluvçi ma'muriy jarimalarni oşiriş haqida qonun loyihasi kiritildi.
Bu haqda Rossiya hukumati saytida xabar berilgan.
Hujjatga köra, ma'muriy jarimalarni quyidagi körinişda oşiriş rejalaştirilgan: fuqarolar uçun – 5 ming rublga (ayni damdagi maksimal summa – 4 ming rubl), mansabdor şaxslarga – 50 ming rublga (ayni damda – 30 ming rubl), yuridik şaxslarga – 500 ming rublga (ayni damda – 300 ming rublgaça).
Ma'lumotnomada ta'kidlanişiça, bu taşabbus qonunçilikni mamlakat milliy xavfsizligini ta'minlaş maqsadida yanada takomillaştiradi.












