Skoda kompaniyasi elektr sportkari yaratişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Auto Express kompaniyaning yangi işlanmalar va tadqiqotlar bölimi rahbari Kristiana Ştrubega asosan xabar berdi. Aytilişiça, yangi sportkar uçun ilhom manbai sifatida 110 R Coupe klassik modeli asos bölib xizmat qiladi.

110 R Coupe modeli 1970 yillarda işlab çiqarilgan. U orqa uzatmali va orqa motorli avtomobil bölgan bölib, 1,1 litrli, quvvati taxminan 60 ot kuçiga ega “törttalik” bilan jihozlangan. Zamonaviy modelda ham elektromotor orqa öqda örnatilişi mumkinligi aytilmoqda.

Kutilişiça, yangilik Skoda beşta elektrokari oilasiga kiradi, ular 2025 yilga qadar bozorga çiqişi lozim. Taxminlarga köra, ilk şunday maşinaga Citigo (2019 yilda namoyiş etiladi) kompakt-karning elektr nusxasi aylanadi. Şundan söng Vision E prototipi seriyali varianti çiqadi, keyin esa yangi yöltanlamas va eng oxirgi bölib – sportkar taqdim etiladi.

«Şkoda» elektrokarlari 500 kilometr masofaga qadar yurişiga umid qilmoqda.