2017 yil 23-27 may kunlari Toşkentda Gruziya respublikasi madaniyat kunlari bölib ötadi. Dastur Alişer Navoiy nomidagi kino saroyida “Gruziya kinosi kunlari” bilan boşlandi. Tadbirning oçiliş marosimida iştirok etgan Gruziyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Konstantin Jgenti ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik aloqalari barça jabhalar qatori madaniyat va san'at sohalarida ham izçil rivojlanayotganini ta'kidladi.
“Uşbu tadbir Özbekiston aholisini, ayniqsa yoşlarni Gruziyaning madaniyati bilan yaqindan taniştiriş maqsadida taşkil etildi. Umid qilamanki, madaniy dasturdan örin olgan barça tadbirlar katta va yoş avlodda katta qiziqiş uyğotadi. Aytiş joizki, dastur bejizga Gruziya kinosi kunlari bilan oçilmayapti, sababi özbek kino ixlosmandlari orasida Gruziya kinosiga qiziqiş katta, televideniye orqali muntazam ravişda gruzin kinoijodkorlari tomonidan olingan kartinalar namoyiş etiladi. Bu albatta quvonarli hol”, - dedi Gruziyaning Özbekistondagi elçisi Konstantin Jgenti.

Gruziya kinosi kunlari davomida xalqaro tanlovlarda köplab sovrinlarga sazovor bölgan oltita film namoyiş etiladi.
24 may kuni dastur loyihasida Toşkent fotosuratçilar uyida yoş fotorassom Natali Murjiknelining şaxsiy körgazmasi oçiladi.
“Özbekistonda men tört yildan buyon yaşab ijod qilmoqdaman. Uşbu davr mobaynida bu yerda köplab döstlar orttirdim, Toşkent Fotosuratlar uyi huzuridagi maktab-studiyada öqimoqdaman, Zulfiqor Musoqovdan kino olami sirlarini örganmoqdaman. Körgazmada Özbekiston böylab qilgan sayohatlarim davomida olgan 39 fotosurat namoyiş etiladi”, - degan fotorassom Natali.

Gruziya madaniyati kunlari davomida, şuningdek, Toşkent Fotosuratlar uyida 19-20-asrlarning maşhur rassomi Niko Pirosmanining asarlari körgazmasi, “Street musicians” musiqiy ansamblining konserti hamda Istiqlol san'at saroyida Gruziyaning “Erisioni” xalq köşiq va raqs Davlat akademik ansambli çiqişlari bölib ötadi.
Jurnalist va fotograf: Nodira Maqsudova












