AQŞ prezidenti Donald Tramp 24 may tongida Vatikanga yetib kelib, Rim papasi Frantsisk qabulida böldi.
Trampni va uning rafiqasini Apostol saroyida Papa uyi prefekti arxiyepiskop Georg Gensvayn kutib olgan.
Tramp Rim Papasi huzurida böldi.
Tramp Vatikanga «yöl ustida kirib ötdi», u Italiyada taşkil etilgan «katta yettilik» sammitida qatnaşadi. Ammo uning Vatikanga kelişi ahamiyatli. Tramp va Rim papasi şu vaqtga qadar heç qaçon uçraşmagandi, ammo ularning özaro «hisob-kitobi» bor. Papa Trampni AQŞ va Meksika örtasida devor quriş rejasi uçun qattiq tanqid qilgan, «odamlar örtasida devor quruvçini xristian deb hisoblamasligi»ni aytgan.
Tramp esa öz çiqişlarida bir neça marta dindor oilada voyaga yetganini , diniy tarbiya topganini eslatib ötgandi.
The Washington Post maqolasida yozilişiça, ularning uçraşuvidan yaxşi samaralar kutiş mumkin. Rim papasi AQŞ bilan köp yillar davomida sovuq munosabatlarda bölib kelayotgan Lotin Amerikasi rahnamosi hisoblanadi.
Qayd etiş kerakki, Trampning ma'muriyatida uning öng qöli hisoblanmiş Stiv Bennon çin katolik hisoblanadi, şuningdek, prezident maslahatçisi Kellienn Konuey ham.
Papa va prezident uçraşuvi tafsilotlari keltirilmadi. Ularning uçraşuvi 30 daqiqaga yaqin davom etgan.
Alohida uçraşuvdan oldin papa amerikalik mehmonlarni qabul qilgan: Trampdan taşqari bu delegatsiya tarkibiga uning rafiqasi Melanya Tramp, qizi Ivanka turmuş örtoği Jared Kuşner bilan, şuningdek, Davlat departamenti rahbari Reks Tillerson hamda bir neça maslahatçilar va milliy xavfsizlik masalasi böyiça prezident maslahatçisi Gerbert Makmaster kirgandi.
Frantsisk va Tramp qöl siqib körişişgan, Frantsisk Trampga esdalik medaloni taqqan. Melanya va Ivanka esa Vatikan protokoli böyiça kiyinişgan, xonimlar ustida qora liboslar, ularning boşiga tör taşlangandi (OAV ular Saudiya Arabistonida römol öraşmaganiga e'tibor qaratmoqda). Melanya öz qaraşi bilan italiyalik jurnalistlarga maşhur aktrisa Sofi Lorenni eslatib yuborgan.




























