Bölğusi onaning yuragi ostida mitti yurakça urib turadi. U "Men şu yerdaman, tez orada kelaman, ona" deya belgi berib turadi. Gödak dunyoga keliş va quyoş taftiga qöl çöziş uçun öz soatini kutadi. Uni kutişadi. Uni sevişadi. Yurak uradi - duk-duk-duk...

Biroq har doim ham biz öylagandek bölavermaydi. Ba'zan bu jarayonda buziliş qayd etilib, mitti mö'jizaning dunyo yuzini körişiga tahdid paydo böladi. Doim emas, albatta, lekin şunday holatlar uçraydi. Ba'zan bolakaylar dunyoga kelişadi, biroq keyin ota-onalar ularning har bir yurak zarbi uçun qayğurişadi. Şunda oiladagi çorasizlik muhiti örnini yordam va mö'jizaga bölgan umid egallaydi.

Gap nima haqida borayotganini anglagandirsiz - tuğma yurak porogi. Bunday bolaning tuğilganidan to sönggi kunigaça ota-onasi va şifokorlar qattiq nazorat qilişadi. Biroq, afsuski, operatsiya qildirişga hammaning ham qurbi yetavermaydi. Ba'zan yurak tizimida uziliş kuzatilib, boladan bir umrga ajraliş holatlari ham uçrab turadi.

"Qanday qilib? Özbekistonda bolalarni davolaş bepul-ku, axir", deyişingiz mumkin. Ha, respublikadagi bolalar tibbiyoti bepul. Şifokorlar ham bolajonlarga yordamga şay. Ammo operatsiyaga ehtiyoji bölgan barça bolalarga ham oksigeneratorlar yetmaydi, ularsiz esa oçiq yurakda operatsiya ötkaziş imkoni yöq. Yurak porogi qayd etilgan bolalarda jarrohlik amaliyotini deformatsiya yuzaga kelmasidanoq, imkon qadar tezroq ötkaziş kerak böladi. Şunda bola tezroq qayta tiklanadi va yurak faoliyati normallaşadi - şifokorlar şunday fikrda.

15 nafar bolakayning omadi keldi. "Soçnaya dolina" savdo markasi vakillari "Hayotni birgalikda qutqaramiz!" aksiyasi doirasida tuğilişi bilanoq qörqinçli taşxis qöyilgan bu bolalarni operatsiya qildiriş imkonini topişdi. Bu ularning har biri, ertangi kunga işonç bilan qaray olmaydigan ota-onalar uçun mö'jiza edi. Ularga najot qöli çözildi. Qanday qilib deysizmi? Şunçaki 2015 yilning noyabr oyi davomida "Soçnaya dolina" şarbatlari sotuvidan tuşgan pul vositalarining bir qismi Toşkent tibbiyot pediatriya instituti xayriya hisobiga ötkazildi. Aktsiya yakunida uşbu markaz şifokorlari, kardiojarrohlari bolalarga yordam berişga kirişişdi. Yiğilgan pullarga 15 ta maxsus apparat - oksigeneratorlar qölga kiritildi va 2016 yilning yanvar-fevral oylarida nihoyat, operatsiyalar ötkazildi.

Bugun, bir yil vaqt ötgaç, yurak sohasida jarrohlik amaliyoti ötkazilgan bolalarning barçasi özini yaxşi his qilmoqda. Umid qilamizki, mazkur aksiya davom etadi, çunki Özbekistonda birovning dardiga şerik böluvçi kişilar talaygina. Ayniqsa, serşovqin parklar, maktab partalari va quvnoq döstlar davrasi örniga faqat şifoxonalaru oq xalatli şifokorlar qurşovidan iborat bölgan bolalar haqida gap ketganda. Onalar farzandlari va ularning dardmand yuraklari töğrisida gapirganlarida köz yoşlarini tiya olişmaydi. Hali 1 yoşga ham tölmay, yurak xurujini boşidan ötkazgan bolani körganda kim ham köz yoşlarini tutib tura olardi?! Bu "motor" qariyalarda işdan çiqqanida - yaqinlari asabiylaşişadi. Bolalarda kuzatilganda esa - ota-ona azoblanadi, zero bolalardagi yurak kasalligi tabiiy hisoblanmaydi. U hali şakllanib ulgurmagan psixika va taqdirni "sindiradi".