Nepal boş vaziri Puşpa Kamal Daxal çorşanba kuni öz iste'fosi haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kathmandu Post naşri.
“Nepal kommunistik partiyasi (maoçilar markazi)” yetakçisi Daxal hukumat tepasiga ötgan yilning 4 avgust kuni ikkinçi bor kelgandi. Bu maoçilarning “Nepal kommunistik partiyasi” bilan koalitsiyadan çiqqanidan söng yuz berdi, şundan keyin Kxagda Prasad Oli hukumati iste'foga çiqdi. Maoçilarning koalitsiyadan çiqişiga koalitsion kelişuvning bajarilmagani, xukumatning 2015 yilgi kuçli zilziladan söng mamlakatni tiklaş böyiça sa'y-harakatlari samarasizligi va ijtimoiy siyosatdagi omadsizliklar sabab böldi.
Maoçilar asosiy muxolifat partiya Nepal kongressisi bilan birlaşdi va parlamentning qator kiçik partiyalari qöllab-quvvatlovi bilan yangi hukumatni taşkil etişdi. Şu bilan birga, Nepal kongressi yetakçilari va maoçilar siyosiy kelişuvga erişişdi, unga köra, boş vazir lavozimiga avval Daxal, töqqiz oydan söng esa – Kongress vakili tayinlanadi. Naşr Daxalning iste'fosini aynan şu kelişuvga boğladi – uning lavozimiga kirişganiga töqqiz oydan köproq vaqt ötdi. Kongress yetakçisi Şer Bahodir Deuba yangi boş vazir bölişi ehtimolga yaqin.
Daxalning millatga yöllagan telemurojaatda ma'lum qilişiça, şu tariqa “Nepal siyosatidagi uzoq “işonç qurğoqçiligiga” yakun keladi”, deb yozadi naşr.












