AQŞ Suriya şimolidagi PYD terrorçilariga (PKK’ning Suriyadagi qanoti) qurol-yaroğ yetkazib berişda davom etmoqda, deb xabar berdi Anadolu naşri.

Xabar qilinişiça, 15 va 20 may kunlari IŞID bilan kuraş bahonasida Iroqdan Suriyaga ikkita yirik qurol-yaroğ va öq-dorilar partiyasi yuborilgan.

Anadolu agentligi muxbiri Suriya şimolida Amerika quroliga ega bölgan yuk maşinalarini suratga olgan. Uning ma'lumotiga köra, qurol-yaroğ yetkazib beriş, Trampning Suriya demokratik kuçlarini qurollantiriş haqidagi qaroridan olti kun ötib boşlangan.

Umumiy hisobda Iroqdan Suriyaga qurol-yaroğ va öq-dorilar bölgan 100 ta yuk maşinasi çiqib ketgan. Yuk maşinalari kolonnasi Xaseke tumaniga yetib bordi va Raqqa şimoliy tumanlariga qarab harakatlanmoqda.

Şuningdek, terrorçilarga zirhli texnika ham yetkazib berilgan.

Terrorçilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilgan foto va videomateriallarni örganib çiqqan agentlik ekspertlari, avval ham PKK’da Amerika quroli bölganini qayd etişgan.

Xususan, terrorçilarda avval BGM-71 TOW tanklarga qarşi kompleksi, 80 va 120 millimetrli minomyotlar, MK19 avtomatik granatomyot, M4 avtomatik karabini, M16 soyli miltiği, Humwee zirhlangan maşinalari, Cougar Amerikaning oğir zirhli maşinasi, uçuvçisiz uçar qurilmalar bölgan.

Suriya şimolidagi terrorçilarga hattoki Amerikaning FGM-148 Javelin tanklarga qarşi raketa kompleksi ham yetkazib berilgan, deyiladi naşr xabarida.